2021 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021 yil yanvar-avgust oylari natijalariga ko'ra meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 548,6 million AQSh dollarini, jismoniy jihatdan 948,6 ming tonnani tashkil etdi. 2020 yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 47,1 million AQSh dollariga (-7,9%) kamaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavot (44,6%), meva va rezavorlar (35,6%) egallaydi. 2021 yil yanvar-avgust davrida 244,8 million AQSh dollariga teng 579,0 ming tonna sabzavot, shuningdek, 195,0 million AQSh dollari qiymatidagi 198,4 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
2021 yil yanvar-avgust oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,9 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (31,9%), Qozog'iston (23,5%), Qirg'iziston (14,9%), Pokiston (7,0%) hamda Xitoy (5,8%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.