2021 yil yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti o‘sishi tahlili
2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi 519,8 trln. so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning mos davriga nisbatan YaIM hajmi 6,9% o‘sdi.
2019-2021 yy. yanvar-sentabr oylarida tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida sanoat (0,5 f.p.) va xizmatlarning (0,5 f.p.) ulushi qisqardi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 0,8 f.p., qurilishning ulushi 0,2 f.p. oshdi.
2020 yilning mos davriga nisbatan tovarlar va ximatlar eksporti hajmi 17,2% kamaydi, import hajmi esa 18,7% oshdi.
2019-2021 yy. yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 31,5 foizgacha qisqardi.