2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 222,2 trln so’mni tashkil qilgan. Bunda o’sish sur‘ati 104,2% ni tashkil etgan.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaliklari mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (28,3 trln so’m), Toshkent (22,0 trln so’m) va Andijon (21,9 trln so’m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha, Sirdaryo viloyati (7,2 trln so’m), Qoraqalpog’iston Respublikasi (7,5 trln so’m) va Navoiy viloyatida (10,9 trln so’m) nisbatan pastroq ko’rsatkichlar kuzatildi.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylari oralig’ida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 6,35 mln t. don ekinlari (2020 yilning yanvar- sentyabriga nisbatan 4,6 % ga kam), 2,49 mln t. kartoshka (2,2 % ga ko’p), 7,80 mln t. sabzavotlar (3,3 % ga ko’p), 1,44 mln t. poliz (3,8 % ga ko’p), 2,07 mln t. meva va rezavorlar (0,9 % ga ko’p), 1,31 mln t. uzum (5,1 % ga ko’p) yetishtirilgan.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan tirik vaznda 1,9 mln t. go’sht (2020 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 3,0 % ga ko’p), 8,1 mln t. sut (2,3 % ga ko’p), 5,5 mlrd dona tuxum (2,2 % ga ko’p) yetishtirildi va 70,3 ming t. baliq (12,2 % ga ko’p) ovlandi.