2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O’zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 624,9 million AQSh dollariga teng bo’lgan 1 067,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (40,7%), meva va rezavorlar (34,5%) egallaydi. 2021 yilning yanvar-sentyabr oylari oralig’ida umumiy qiymati 254,5 million AQSh dollariga teng 595,6 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 215,8 million AQSh dollariga teng 254,5 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 6,1 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (33,1%), Qozog’iston (22,7%), Qirg’iziston (14,9%), Pokiston (6,3%), Xitoy (5,4%), Afg’oniston (2,8%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.