2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 747,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 233,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (39,9%), meva va rezavorlar (32,3%) egallaydi. 2021 yilning yanvar-oktyabr oylari oralig‘ida umumiy qiymati 298,4 million AQSh dollariga teng 651,4 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 241,5 million AQSh dollariga teng 267,2 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 6,0 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (32,7%), Qozog‘iston (21,8%), Qirg‘iziston (14,3%), Xitoy (7,4%), Pokiston (6,5%), Afg‘oniston (2,7%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.