So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar
So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning "o‘sish nuqtalaridan" biriga aylandi. U turizmga aloqador boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun drayver bo‘lib, yuqori multiplikativ ta’siri bilan daromadlarning ortishiga xizmat qiladi.
3 yil ichida sayyohlar soni 5 baravar oshdi. Agar 2016 yilda ularning soni 1,3 million nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda 6,7 million nafarga yetdi. 2020 yilda pandemiya tufayli 1,5 million xorijiy sayyoh kelishga muvaffaq boʻldi. Turizm xizmatlari eksporti 261 million dollarni tashkil etdi va turizm eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlardan biriga aylandi. 2021 yilda jami 1,7 million sayyohning kelishi, buning hisobiga turizm xizmatlari eksporti 370 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Taʼkidlash joizki, pandemiya turizm sohasi va unga aloqador tarmoqlarga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Yuz mingdan ortiq kishi, jumladan, gidlar, hunarmandlar, arxitektura yodgorliklari va kurortlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi xodimlarning daromadlari keskin kamaydi.