2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021-yilning yanvar-noyabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 863,1 million AQSh dollariga teng bo'lgan 1 392,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 7,8 % kam.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (41,0%), meva va rezavorlar (30,5%) egallaydi. 2021-yilning yanvar-noyabr oylari oralig'ida umumiy qiymati 353,2 million AQSh dollariga teng 726,3 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 263,4 million AQSh dollariga teng 301,3 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2021-yilning yanvar-noyabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,6 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (31,5%), Qozog'iston (20,9%), Qirg'iziston (13,2%), Xitoy (9,9%), Pokiston (6,5%), Afg'oniston (2,8%), Turkiya (2,3%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.