2021-yilning yanvar-dekabr oylarida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021-yilning yanvar-dekabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 957,3 million AQSh dollariga teng bo'lgan 1 521,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. 2020-yilning mos davriga nisbatan 5,1 % ga kamaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (42,2%), meva va rezavorlar (29,3%) egallaydi. 2021-yilning yanvar-dekabr oylari oralig'ida umumiy qiymati 403,6 million AQSh dollariga teng 801,5 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 280,6 million AQSh dollariga teng 325,4 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2021-yilning yanvar-dekabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,8 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (30,5%), Qozog'iston (20,5%), Qirg'iziston (12,2%), Xitoy (11,7%), Pokiston (6,6%), Afg'oniston (2,8%), Turkiya (2,4%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.