2021–yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 317,8 trln so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati esa 104,0% ni tashkil etdi.
2021–yilning yanvar – dekabr oylarida, hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (41,2 trln so‘m), Andijon (32,0 trln so‘m) va Toshkent (30,7 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (10,5 trln so‘m) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (12,3 trln so‘m) va Navoiy viloyatini (15,2 trln so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
2021–yilning yanvar – dekabr barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7,54 mln t. don ekinlari (2020–yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,2 % ga kam), 3,29 mln t. kartoshka (4,7 % ga ko‘p), 10,86 mln t. sabzavotlar (4,1 % ga ko‘p), 2,28 mln t. poliz (6,9% ga ko‘p), 2,85 mln t. meva va rezavorlar (1,4 % ga ko‘p), 1,70 mln t. uzum (5,5 % ga ko‘p) yetishtirildi.
2021–yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 2,6 mln t. go‘sht (2020– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 4,8% ga ko‘p), 11,3 mln t. sut (2,8% ga ko‘p), 8,1 mlrd dona tuxum (3,5% ga ko‘p) yetishtirildi va 173,9 ming t. baliq (20,7 % ga ko‘p) ovlandi.