2022-yilning yanvar oyida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar oyi davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 55,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 78,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. 2021-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 35,2 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (52,2%), meva va rezavorlar (17,7%) egallaydi. 2022 yilning yanvar oyi oralig‘ida umumiy qiymati 28,8 million AQSh dollariga teng 51,1 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 9,7 million AQSh dollariga teng 10,1 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2022 yilning yanvar oyida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 3,9 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (26,9%), Qozog‘iston (19,6%), Xitoy (11,6%), Pokiston (8,4%), Afg‘oniston (4,7%), Turkiya (4,0%), Qirg‘iziston (3,2%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.