2022-yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 113,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 164,0 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. О'sish 2021-yilning mos davriga nisbatan 31,3 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (54,4%), meva va rezavorlar (17,8%) egallaydi. 2022-yilning yanvar-fevral oylari oralig‘ida umumiy qiymati 61,9 million AQSh dollariga teng 112,9 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 20,3 million AQSh dollariga teng 19,2 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 2,8 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (26,0%), Qozog‘iston (22,7%), Xitoy (12,4%), Pokiston (5,9%), Afg‘oniston (4,4%), Turkiya (3,6%), Qirg‘iziston (3,0%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.