2022-yil yanvar-mart oylarida O'zbekiston Respublikasi qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari
2022–yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 33,5 trln so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati esa 102,8% ni tashkil etdi.
2022–yilning yanvar-mart oylarida, hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (4,3 trln so‘m), Toshkent (4,2 trln so‘m) va Buxoro (3,0 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Navoiy viloyati (1,9 trln so‘m) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,1 trln so‘m) va Sirdaryo viloyatini (1,0 trln so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
2022–yilning yanvar–mart barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 77,2 ming t sabzavotlar yetishtirildi, o'sish sur'ati 117,5% ni tashkil etdi.
2022–yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 506,6 ming t go‘sht (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 2,7% ga ko‘p), 1 864,1 ming t sut (2,2% ga ko‘p), 1 340,3 mln dona tuxum (2,5% ga kam) yetishtirildi va 16,2 ming t baliq (3,2 % ga ko‘p) ovlandi.