2022 yilning yanvar-mart oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 168,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 258,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. 2021-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 26,2 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavotlar (59,3%), meva va rezavorlar (16,0%) egallaydi. 2022 yilning yanvar-mart oylari oralig‘ida umumiy qiymati 100,1 million AQSh dollariga teng 193,5 ming tonna sabzavot, shuningdek, umumiy qiymati 26,9 million AQSh dollariga teng 24,2 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 2,9 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (23,6%), Qozog‘iston (22,4%), Xitoy (14,0%), Pokiston (7,5%), Afg‘oniston (5,0%), Turkiya (3,1%), Qirg‘iziston (2,8%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.