2022 yilning yanvar-may oylarida O'zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar-may oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 335,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 615,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 15,0 foiz ko‘p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayizni qo‘shgan holda) – 13,0%, mosh – 11,2%, pomidor – 9,6%, karam – 9,4%, gilos – 6,7%, piyoz – 5,5%, olxo‘ri qoqi – 3,5%, yeryong‘oq – 3,4% egallaydi.
2022 yilning yanvar-may oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,0 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (29,8%), Qozog‘iston (25,5%), Xitoy (11,9%), Pokiston (5,6%), Qirg‘iziston (4,4%) Afg‘oniston (4,2%), Belarus (2,6%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.