2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 449,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 820,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 11,6 foiz ko‘p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayizni qo‘shgan holda) – 10,9%, pomidor – 9,4%, mosh – 9,1%, gilos – 7,4%, karam – 7,2%, piyoz – 5,2%, shaftoli – 4,0%, qovun va tarvuz – 3,6%. 2022 yilning yanvar-may oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,5 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (36,3%), Qozog‘iston (24,5%), Xitoy (9,8%), Pokiston (4,9%), Qirg‘iziston (4,8%) Afg‘oniston (3,5%), Belarus (2,5%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.