2022–yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 131,7 trln so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati esa 102,7% ni tashkil etdi.
2022–yilning yanvar – iyun oylarida, hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Toshkent (14,0 trln so‘m), Farg‘ona (13,8 trln so‘m), Andijon (13,8 trln so‘m) va Samarqand (13,6 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Navoiy viloyati (6,0 trln so‘m), Sirdaryo viloyati (4,2 trln so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasini (3,7 trln so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
2022–yilning yanvar – iyun barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,08 mln t. don ekinlari (2021–yilning yanvar – iyun oylariga nisbatan 7,4% ga ko‘p), 3,23 mln t. sabzavotlar (1,6% ga ko‘p), 1,62 mln t. kartoshka (4,7% ga ko‘p), 0,97 mln t. meva va rezavorlar (3,6% ga ko‘p), 0,23 mln t. poliz (8,4% ga ko‘p), 48,1 ming t. uzum (5,7% ga ko‘p) yetishtirildi.
2022–yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 221,6 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar – iyun oylariga nisbatan 2,5% ga ko‘p), 5 141,7 ming t. sut (1,5% ga ko‘p), 3 418,9 mln dona tuxum (0,6% ga ko‘p) yetishtirildi va 41,6 ming t. baliq (11,9% ga ko‘p) ovlandi.