2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022-yilning yanvar-avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 654,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 103,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 19,3 foiz ko‘p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayizni qo‘shgan holda) – 16,0%, shaftoli – 10,1%, mung loviya (mosh) – 6,9%, pomidor – 6,6%, gilos – 5,1%, qovun va tarvuz – 5,1%, karam – 5,0%, piyoz – 4,1% egallaydi.
2022-yilning yanvar-avgust oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 5,2 foizni tashkil etgan.
Meva-sabzavotlarning asosiy qismi Rossiya (42,4%), Qozog‘iston (21,6%), Xitoy (7,5%), Pokiston (6,0%), Qirg‘iziston (4,6%) Afg‘oniston (2,8%), Turkiya (2,3%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.