2022–yilning yanvar – sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 248,6 trln so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati esa 103,6% ni tashkil etdi.
2022–yilning yanvar – sentyabr oylarida, hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (30,0 trln so‘m), Andijon (24,8 trln so‘m), Toshkent (24,6 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Navoiy viloyati (11,2 trln so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasini (8,3 trln so‘m) va Sirdaryo viloyati (8,3 trln so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
2022–yilning yanvar – sentyabr barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6,73 mln t. don ekinlari (2021–yilning yanvar – sentyabr oylariga nisbatan 6,4% ga ko‘p), 8,02 mln t. sabzavotlar (2,8% ga ko‘p), 2,65 mln t. kartoshka (6,6% ga ko‘p), 2,21 mln t. meva va rezavorlar (6,8% ga ko‘p), 1,55 mln t. poliz (8,2% ga ko‘p), 1,36 mln t. uzum (3,8% ga ko‘p) yetishtirildi.
2022–yilning yanvar – sentyabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 974,8 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar – sentyabr oylariga nisbatan 4,6% ga ko‘p), 8 293,1 ming t. sut (2,0% ga ko‘p), 5 937,6 mln dona tuxum (7,8% ga ko‘p) yetishtirildi va 83,3 ming t. baliq (19,3% ga ko‘p) ovlandi.