2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2022 yilning yanvar-dekabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 1 134,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 730,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 18,5 foiz ko‘p demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayiz qo‘shgan holda) –24,7 foiz, mosh –8,2 foiz, shaftoli –6,0 foiz, pomidor –5,1 foiz, xurmo –4,6 foiz, piyoz –3,7 foiz, karam –3,5 foiz, qovun va tarvuz –3,3 foiz egallaydi.
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 5,9 foizni tashkil etgan.
Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari Rossiya (42,5 foiz), Qozogʻiston (18,9 foiz), Xitoy (9,1 foiz), Pokiston (8,8 foiz), Qirg‘iziston (3,7 foiz), Afg‘oniston (2,7 foiz) Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,7 foiz), Ozarbayjon (1,2 foiz), Erondir (1,2 foiz).