2021 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti o‘sishi tahlili
2021 yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning mos davriga nisbatan YaIM hajmi 6,2% o‘sdi. YaIM deflyatori sezilarli darajada pasaydi va 2021 yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra 12,6% tashkil etdi.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 9175,4 ming so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan o‘sish sur’ati 4,2 foizni tashkil etdi.
2019-2021 yy. yanvar-iyun oylarida tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida sanoat (0,3 f.p.) va qurilishning (0,2 f.p.) ulushi qisqardi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 0,5 f.p. oshgan bo‘lsa, xizmatlarning ulushi o‘zgarishsiz qoldi.