2021 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari
2021 yilning yanvar-iyul oylarida yoqilg‘i-energetika kompleksining deyarli barcha muhim ishlab chiqarish sohalarida ijobiy dinamika qayd etildi.
2021-yilning yanvar – iyul oylarida ko‘mir, neft va tabiiy gaz qazib olish sohasida qiymati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari 106,8 foizni tashkil etdi. Tabiiy gaz va ko‘mir ishlab chiqarishning jismoniy hajmlari o‘sishining omili mazkur sohaning o‘sish tendensiyasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda tabiiy gaz qazib olish hajmining o‘sish sur’atlari 106,1 foizni, ko‘mir qazib olish hajmi esa 159,1 foizni tashkil etdi.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida energiya ta’minoti, gaz, bug‘ va havoni konditsiyalash sohasining jadal rivojlanishi saqlanib qoldi. Ushbu turdagi yoqilg‘i-energetika kompleksining o‘sish sur’ati 111 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, gaz ta’minoti sohasida sezilarli o‘sish kuzatilib 149,5 foizni tashkil qildi. Energiya ta’minoti sohasida elektr energiyasi ishlab chiqarishning jismoniy hajmi – 109,2 foiz, issiqlik energiyasi -102,1 foiz, gaz – 106,1 foiz o‘sish sur’atlari bilan ta’minlandi.
Tahlil qilinayotgan davrda neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi sekinlashib, ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 77,4% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, suyultirilgan propan va butan -100,7 foiz, avtomobil benzini -103,5 foiz, neft bitumi -152,6 foiz va yoqilg‘i moyi ishlab chiqarishda 2 baravar o‘sish kuzatildi.
2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston energiya manbalari va neft mahsulotlari tashqi savdo aylanmasi 1021,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,7 mln. AQSh dollariga ko‘p. O‘zbekistonning energiya manbaalari va neft mahsulotlari importi hajmi 13,4 mln AQSh dollariga (+2,1%) oshdi, eksport hajmi 0,6 mln. AQSh dollariga (-0,2%) kamaydi.