2021 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
2021 yil yanvar-iyul oylari natijalariga ko'ra meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 479,4 million AQSh dollarini, jismoniy jihatdan 841,8 ming tonnani tashkil etdi. 2020 yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 19,6 million AQSh dollariga (-3,9%) kamaydi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni sabzavot (48,6%), meva va rezavorlar (36,6%) egallaydi. 2021 yil yanvar-iyul davrida 233,0 million AQSh dollariga teng 558,8 ming tonna sabzavot, shuningdek, 175,3 million AQSh dollari qiymatidagi 173,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
2021 yil yanvar-iyul oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,9 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (30,5%), Qozog'iston (24,6%), Qirg'iziston (14,5%), Pokiston (7,5%) hamda Xitoy (6,5%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.