O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) 2023-yil 1-choragi uchun qabul e'lon qiladi

 

I. PMTIda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tayanch doktorantura (PhD)  va doktoranturaga (DSc)  hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

Tayanch doktoranturaga

            08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                      2 ta o'rin

            08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                              2 ta o'rin

 

Doktoranturaga

           08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                      1 ta o'rin

           08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                               1 ta o'rin

 

Mustaqil izlanuvchilikka

           08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                     

           08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                           

 

Barcha talabgorlar hujjatlarini phd.mininnovation.uz saytining yagona elektron tizimi orqali topshiradilar (yuklaydilar) va ro'yxatdan o'tadilar. Amaldagi talablarga javob bergan hujjatlar PMTI ma'sul xodimi tomonidan qabul qilinadi.

 

Kirish uchun zarur hujjatlar ro'yxati

Tayanch doktoranturaga (PhD)  o'qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1. Institut direktori nomiga ariza;

2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);

3. Oliy o'quv yurti diplomi yoki magistrlik diplom nusxasi;

4. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati va ularning ko'chirma nusxalari (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola va ilmiy to'plamlarda kamida 2 ta tezis bo'lishi shart);

6. Rasm 4 dona (3x4);

7. Pasport nusxasi.

Barcha mazkur hujjatlar PDF formatda tayyorlanadi va Oliy ta'limdan keyingi ta'limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali ro'yxatdan o'tgan holda yuboriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Doktoranturaga (DSc)  o'qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1. Institut direktori nomiga ariza;

2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);

3. Oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

4. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi

5. Rasm 4 dona (3x4);

6. Pasport nusxasi.

7. Tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning batafsil reja loyihasi;

8. Nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning ko'chirma nusxalari (falsafa doktori ilmiy darajasini olgandan keyingi davrda ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqola va ilmiy ishlar to'plamlarida tegishli yo'nalishda kamida 2 tezis).

O'qishning kunduzgi shakli – tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga ommaviy axborot vositalarida qabul to'g'risida e'lon berilgandan so'ng (1-sentyabrda) hujjatlar 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Tayanch doktoranturaga (PhD) o'qishga kirish quyidagi imtihonlar natijalari bo'yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

1.Mutaxassislik bo'yicha:

  • “Makroiqtisodiyot”,

  • “Mintaqaviy iqtisodiyot”.

2.Chet tili.

Talabgorlarda malaka sertifikati IELTS (o'rtacha bali 5,5 dan kam bo'lmagan, TOEFUL (PBT) (87 balldan kam bo'lmagan) va  CEER (V2 darajasidan kam bo'lmagan) mavjud bo'lgan hollarda ular chet tili bo'yicha  imtihon topshirishdan ozod etiladilar.

Doktoranturaga o'qishga kirish taqdimot natijalari bo'yicha amalga oshiriladi.

II. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun taqdimot 1 noyabrdan 25 noyabrga qadar o'tkaziladi.

III. 30 noyabrga qadar bo'lgan muddatda Qabul komissiyasi tayanch doktorantura va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.

IV. Kirish imtihonlari natijalari Qabul komissiyasining yig'ilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va 5 kunlik muddat ichida Ilmiy kengashga tasdiqlash uchun kiritiladi.bul 5 dekabrga qadar rahbariyat buyrug'i bilan amalga oshiriladi. O'qishlar keladigan yilning 1 yanvaridan boshlanadi.

 

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutidagi ixtisoslik tegishli bo'lgan fan tarmog'iga muvofiq bo'lishi kerak.

Mutaxassisliklar muvofiq bo'lmaganda dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish masalalari Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

 

Tayanch doktoranturaga qabul qilishda bir nechta talabgorlar bir xil ballarga ega bo'lgan holda quyidagilar imtiyozli tanlov huquqlariga ega bo'ladilar:

-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi egalari;

- magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatganlar;

- mualliflik guvohnomalari va patentlari mavjud bo'lganlar.

 

Doktoranturaga (DSc)  kirishda imtiyozga ega talabgorlar:

-5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo'lganlar;

-mualliflik guvohnomalari va patentlarga ega bo'lganlar;

-nashr etilgan monografiyalari mavjud, shu jumladan O'zR OAK talablari asosida chet elda ilmiy maqolalari chop etilgan;

-ilmiy ishining 50 foizidan ortig'i yozilgan.

 

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish

Mustaqil izlanuvchilikning (PhD) va (DSc) sirtqi o'quv shakliga hujjatlar quyidagi davrlarda yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi:

  • 15 yanvardan 15 fevralga qadar (2-chorak uchun);

  • 15 apreldan 15 mayga qadar (3-chorak uchun);

  • 15 iyuldan 15 avgustga qadar (4-chorak uchun);

  • 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar (1-chorak uchun).

Ishdan uzilmagan holda ilmiy ish (mustaqil izlanuvchilik) bilan shug'ullanadiganlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari zarur:

1.Ma'lumotnoma-obyektivka;

2.Magistrlik diplomi nusxasi (mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha).

  • Oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplom nusxasi – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun;

3. Mehnat daftarchasining o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

4. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati va ularning ko'chirma nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

5. Fan doktori ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka rasmiylashtirish uchun oliy ma'lumoti to'g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

6. Ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish Qabul komissiyasining suhbat va uning natijalari asosida har chorak oxirida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to'g'risidagi qarorlari bilan amalga oshiriladi:

  • 16 fevraldan 5 martga qadar;

  • 16 maydan 5 iyunga qadar;

  • 16 avgustdan 5 sentyabrga qadar;

  • 16 noyabrdan 5 dekabrga qadar.

 

Asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar:

1.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 304-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi 606-son Qarori.

2069