Ilmiy maqolani yozish jarayoni va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etish

 

Ma'ruzachi: I.f.d. Abdulla Ibragimov o‘zining doktorlik dissertatsiyasini 2017 yilda Malayziyaning Putra universitetida himoya qilgan (QS ranking 139). Doktorаnturada o'qish jarayonida universitet va Malayziyaning Khazanah ilmiy tadqiqot instituti (Khazanah Research Institute)  loyihalarida ishtirok etdi va bir qancha ilmiy ishlarini chop etishga muvaffaq bo'ldi. 2018-2020 yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi qoshidagi, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabining, Loyihaviy boshqaruv fakulteti dotsenti, Strategik rejalashtirish bo'limi boshlig'i, Innovatsiya va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan. Hozir uning asosiy ilmiy izlanishi tizimli fikrlash, loyihaviy boshqaruv, barqaror rivojlanish, tizim dinamikasini modellashtirish  kabi yo'nalishlarni qamrab olgan. U Cleaner Production, British Food Journal, Outlook on Agriculture va Ecological Modelling kabi nufuzli jurnallarda maqolalarini chop ettirgan (Scopus h-index: 6).

354