Mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash
Mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash
Dehqonobod va Kosonsoy tumanlarida mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini KPI asosida baholash algoritmi ishlab chiqildi. Tumanlarda jami 122 ta statistik ko‘rsatkichlar jamlanib tahlil qilindi. Baholashda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlari, aholi va tadbirkorlarning murojaatlari va so‘rovnoma natijalaridan foydalaniladi. Kosonsoy va Dehqonobod tumanlari mahallalarida 110 xonadonda, 40 tadbirkorlar ish joyida so‘rovnomalar o‘tkazilib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish va aholining ijtimoiy holatlari o‘rganildi. So‘rovnomada jami 206 ta respondentlarning (138 ta erkak va 68 ta ayol) fikrlari o‘rganildi.