Filippinda elektr energetikasi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
Filippining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
|
|||||
|
2000 |
2003 |
2008 |
2010 |
2011 |
YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nominal qiymati (AQSH dollarida) |
1055.1 |
1024.8 |
1918.3 |
2123.1 |
2223.4 |
YaIMning real o’sish sur’at (foiz hisobida) |
4.4 |
5.0 |
4.2 |
7.6 |
3.7 |
Inflyatsiya darajasi (foiz hisobida) |
3.8 |
3.4 |
8.2 |
3.8 |
4.8 |
Byudjet balansi (YaIMga nisbatan, foiz hisobida) |
-3.4 |
-3.6 |
0.0 - |
-2.2 |
-0.8 |
Davlat qarzi (YaIMga nisbatan, foiz hisobida) |
58.8 |
68 |
44.2 |
42.2 |
40.5 |
Joriy hisob balansi (YaIMga nisbatan, foiz hisobida) |
-2.7 |
0.3 |
2.1 |
4.5 |
2.7 |
Neft importi (YaIMga nisbatan, foiz hisobida) |
3.9 |
3.8 |
12.4 |
9.6 |
13.5 |
Neft eksporti (YaIMga nisbatan, foiz hisobida) |
0.4 |
0.5 |
1.8 |
1.4 |
1.9 |
Aholi jon boshiga neft iste’moli (litr hisobida) |
154.7 |
150.4 |
127 |
140.9 |
- |
Kambag‘allik darajasi[2], kuniga $1,25 (aholi ulushi) |
22.5 |
22 |
- |
- |
- |
Manba: International Energy Agency; World Development Indicators, World Bank; and World Economic Outlook, IMF
1990-yillarning oxiriga kelib, Filippinning elektr energetikasi tizimi moliyaviy jihatdan zaif holatga kelib qolgandi. Inqirozdan chiqish uchun 2001-yilda tizimda jiddiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Filippinda islohotlardan oldin elektr energiyasi davlat korxonasi hisoblangan, monopollashgan Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) tomonidan ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan.
Filippinda energetika tizimining Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) tomonidan noto‘g‘ri boshqarilishi, bozor qoidalariga amal qilinmasligi oqibatida mamlakatda elektr energiyasining surunkali tanqisligini keltirib chiqardi. Ushbu muammoni bartaraf etish va mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun 90-yillarning boshida hukumat tomonidan mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar (IPP) uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishni bozor qoidalari asosida amalga oshirish jarayoni faollashdi.
Tizimda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi (IPP) hamda elektr energiyasining asosiy qismi ular tomonidan ishlab chiqarilishi, xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi va yoqilg‘i narxining oshishiga mos ravishda elektr energiyasi narxlari ham bozor qonunlari asosida o‘sib bordi. Energetika tizimida bozor qonunlarining amal qilmasligi natijasida 1990-yillarning oxiriga kelib, Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) moliyaviy jihatdan nochor ahvolga tushib qolgan edi. Bu 1997-yildagi Osiyo moliyaviy inqirozidan keyin o‘sib borayotgan xarajatlarga qaramasdan tarif stavkalarining oshirilmaganligi, shuningdek, talabning pasayishi (tashqi qarz yukining yuqoriligi) bilan bog‘liq bo‘lgan.
Islohotlar jarayoni
Tizimda inqirozli vaziyat yuzaga kelganligi sababli hukumat tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Elektr energetikasi tizimini isloh qilish to‘g‘risida”gi qonunga (EPIRA) muvofiq tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Qonunga ko‘ra, quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi:
- ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimidagi davlat aktivlarini xususiylashtirish;
- elektr energiyasi uchun tariflarni bozor qoidalariga muvofiqlashtirish;
- tariflarni mustaqil tartibga soluvchi organ sifatida Elektr energiyasi narxlarini tartibga solish komissiyasini (ERK) tashkil etish;
- elektr energiyasining ulgurji bozorini shakllantirish;
- uzoq muddatli chakana iste’molni rag‘batlantirish;
Vazifalar aniqlab olinganidan so‘ng, elektr energiyasi uchun tariflarni belgilash va sohada davlat mulkini xususiylashtirishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlashga kirishildi. Shu orqali energetika sektorining davlat byudjetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri kamaydi.
Biroq, EPIRA ning qabul qilinishi elektr energetikasi tizimining moliyaviy barqarorligini darhol tiklamadi. 2001-yilda Elektr energiyasi narxlarini tartibga solish komissiyasi (ERC) tashkil etilganiga qaramay, tariflar o‘zgartirilmadi. Oqibatda Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) ning moliyaviy taqchilligi ortib bordi. Boz ustiga hukumatning ushbu komissiya ishiga doimiy aralashuvi islohotlarning kechikishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, 2000-yillarning o‘rtalariga kelganda ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish jarayoni boshlanmagani sababli Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar (IPP) dan elektr energiyasini qimmat narxlarda sotib olishi oqibatida zarar ko‘rishda davom etdi. Natijada, 2004-yilda Milliy energetika korporatsiyasining (NPC) moliyaviy taqchiligi YaIMning 1,5% gacha o‘sdi.
1-diagramma. Makroiqtisodiy rivojlanish va elektr energetikasi tizimini subsidiyalash (YaIM yoki stavkaning foizi)
2004-2005 yillarda tariflar kuchli siyosiy iroda tufayli sezilarli darajada oshirildi. 2003-yilga kelib, Filippin moliyaviy inqiroz yoqasida edi. Elektr energetikasi tizimidagi kamomad yalpi ichki mahsulotning 5% iga yetdi. Elektr energetikasi tizimi daromadlarining pastligi va Milliy energetika korporatsiyasi (NPC)ning byudjetdan ajratiladigan mablag‘alarga qaramligi, davlat tashqi qarzining YaIMga nisbatan 100% dan oshishi va investorlar uchun elektr energertikasi tizimiga investitsiya kiritish ishonchining yo‘qolishi tashqi qarzlarni hamda xarajatlarni oshirdi. Arroyo ma’muriyati (2001-2010 yillarda Filippin prezidenti) energetika inqirozining oldini olish uchun kuchli siyosiy iroda ko‘rsatdi. 2004-yildagi prezident saylovidan ko‘p o‘tmay fiskal konsolidatsiya (byudjet taqchilligi va qarzlarni kamaytirish) siyosati olib borildi. Islohotlar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i stavkalarini oshirish, shuningdek, davlat xarajatlarini cheklash hamda daromadlar bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oldi. Shu nuqtai nazardan, 2004-yilning oxiri va 2005-yilning boshlarida elektr energiyasi uchun tariflar 30% ga oshirildi va bu Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) moliyaviy taqchilligini 2005-yilda YaIMning 0,2% igacha qisqartirishda yordam berdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar moliyaviy inqirozning oldini oldi.
2003-2011 yillarda ham sohadagi islohotlar davom ettirildi. Xususan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda xususiy sektorning roli oshdi, elektr energiyasining ulgurji bozorlari tashkil etildi, chakana tarif stavkalari ishlab chiqildi, yetkazib berish va taqsimlash to‘lovlariga bo‘lindi, iste’molchilarga subsidiya ajratish to‘xtatildi, shahardan uzoqda va rivojlanmagan hududlardagi foydalanuvchilar hamda kambag‘al oilalar uchun Kichik energiya kompaniyalari guruhi (SPUG) tomonidan beriladigan subsidiyalar joriy qilindi. Milliy energetika korporatsiyasi (NPC) tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolardan biri bu – qaytarib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun to‘lovlarni qanday to‘lash bilan bog‘liq edi.
Yumshatish choralari
2004-2005 yillardagi islohotlar chog‘ida tariflar oshirilishining salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari uchun yengillik berildi. EPIRA qonuniga ko‘ra, kambag‘al uy xo‘jaliklari uchun subsidiya ajaratish sifatida doimiy iste’mol tariflari stavkasi joriy qildi. Elektr energiyasi narxlarini tartibga solish komissiyasi (ERC) tomonidan 2006-yilga kelib, ko‘pgina elektr energiyasi iste’molchilari uchun “Hayotiylik tarifi” stavkasi tasdiqladi. 3 million kambag‘al uy xo‘jaliklari ushbu tarif asosida 5% dan 50% gacha imtiyozdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Xulosa
Narxlarni belgilash, tartibga solish, elektr energetikasi tizimini xususiylashtirish va aholining kam ta’minlangan qatlamlari manfaatini inobatga olishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar natijasida sohaga ajratilayotgan subsidiyalarni qisqartirishga erishildi. Elektr energetikasi sohasida Filippinda amalga oshirilgan islohotlar misolida mustaqil elektr energiyasi regulyatorining tashkil etilishi narxlarni tartibga solishga qaratilgan siyosatdan voz kechishda yordam bergani va xususiylashtirish energetika tizimining budjetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini kamaytirganini ko‘rish mumkin. “Hayotiylik tarifi” islohotlarning kambag‘al uy xo‘jaliklariga salbiy ta’sirini kamaytirishda yordam berdi.
Islohotlarni amalga oshirish uzoq vaqtni talab qildi. Bu elektr energetikasi tizimiga davlatning aralashuvi, xususiylashtirish hamda elektr energiyasi narxlarini tartibga soluvchi komissiya salohiyatini oshirish kabi institutsional muammolar bilan bog‘liq.
Islohotlar muvaffaqiyati hukumatning kuchli siyosiy irodasini namoyon etdi. Islohotlarning dastlabki bosqichida davlat kompaniyasining turli ko‘rinishdagi qarzdorligi ortib bordi. Bu esa mamlakatning umumiy fiskal barqarorligiga xavf tug‘dirdi. Narxlarni tartibga soluvchi mustaqil regulyator tashkil etilganidan keyin ham elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish muvaffaqiyatli kechmadi. Tizimga bozor mexanizmlari faol tatbiq etilganidan so‘nggina davlat energetika kompaniyasining byudjetga salbiy ta’siri kamaydi va elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishda ijobiy natijalar ko‘zga tashlana boshladi.
Adabiyotlar
1. Department of Energy, 2011. “19th EPIRA Implementation Status Report” prepared by the Department of Energy of the Philippines.
2. International Monetary Fund, 2005, “Power Sector Reform in the Philippines,” Chapter 2 in Philippines; Selected Issues Paper (Washington).
3. 2008, “The Philippine Power Sector in a Challenging Environment” Chapter Selected Issues Paper (Washington).
4 in Philippines; Selected Issues Paper (Washington). 4. Philippines, Department of Energy, 2006, 8th EPIRA Implementation Status Report‖ (Manila).
5. World Bank, 2009, Philippines “First Development Policy Loan Project” Available via the Internet:
http://documents.worldbank.org/curated/en/2009/09/11415139/philippines-firstdevelopment-policy-loan-project
[1] This study draws on various IMF country reports for the Philippines (IMF (2005), IMF (2008)), and the World Bank (2009)).
[2] https://www.ophi.org.uk/wp-content/uploads/Philippines1.pdf?cda6c1
854