Yer uchastkalari va unga bo'lgan huquqlarni elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotish hajmining tumanlar kesimidagi tahlili

 

Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanishda bozor tamoyillarini joriy qilish, aholiga yer ajratishning yangicha tartibi – auksion orqali sotishning huquqiy asosi yaratildi.

Shu maqsadda MHTI ekspertlari 2022-2023 yillarning yanvar-noyabr oylarida “Yerelektron” AAT orqali elektron onlayn-auksion savdolari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini tumanlar kesimida tahlil qildi.

Auksion savdolari orqali ijara va mulk huquqi asosida noqishloq yerlarni sotishda respublika bo‘yicha Nukus va Yangiyer shaharlari, Chimboy, Oqdaryo, Amudaryo, Tuproqqal’a, Bulung‘ur, Qonliko‘l, Sayxunobod, Jarqo‘rg‘on tumanilarida eng yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi.

Ushbu tuman (shahar) larda ko‘p yer uchastkalarning auksion orqali sotilishi qo‘shimcha 10 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik subyektlarining tashkil topishiga olib kelgan.

Yer auksionida foydalanish turlari bo‘yicha (mulk huquqi va ijara huquqi asosida) savdolar tahlili quyidagilarni aks ettirmoqda.

Mulk huquqi asosida eng ko‘p auksion savdosiga chiqarilgan yer uchastkalari Oltiariq (1 675 ta), Beshariq (652 ta), Xazorasp (609 ta), Qo‘shko‘pir (525 ta), Tuproqqal’a (525 ta) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, mulk huquqi asosida eng ko‘p sotilgan yerlar Gurlan – 207 ta (3,1 mlrd.), Qo‘shko‘pir – 142 ta (1,4 mlrd.), Xazorasp – 131 ta (1,2 mlrd.), Shovot – 119 ta (1,4 mlrd.), Namangan – 115 ta (775 mln.) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda. Respublikadagi 45 ta tuman (shahar) va Toshkent shahrida mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada 7 605 ta (409,2 gektar) lot mulk huquqi asosida chiqarilgan bo‘lsa, ushbu lotlardan 4 743 tasi (215,7 gektar) 228 mlrd. so‘mga realizatsiya qilingan. 52 ta tuman (shahar) va Toshkent shahrida mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning shu davridagiga nisbatan mulk huquqi asosida sotilgan yerlarning hajmi 3,5 barobargacha, lotlar soni 1,6 barobargacha, yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar miqdori esa 3,1 barobargacha ortgan. Biroq o‘rtacha 1 ga yerning narxi 200 mln. so‘mga arzonlashgan.

Auksion savdolariga ijara huquqi asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun chiqarilayotgan yerlar (lot) hajmi 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 2,5 barobar kamaygan bo‘lsa, yer maydonlari 1,6 barobar ortgan. Natijada o‘rtacha 1 ga yerning narxi arzonlashgan.

Respublika bo‘yicha onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun sotilgan yerlardan tushgan mablag‘lar 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 758,2 mlrd.so‘m, boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,6 baravar – 290,8 mlrd.so‘m ko‘proq summaga sotilgan bo‘lsa (lotlar soni – 7,9 ming, maydoni – 811,2 ga) 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 788,9 mlrd.so‘m boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,9 baravar – 378,6 mlrd.so‘m ko‘proq summaga sotilgan (lotlar soni – 7,3 ming, maydoni – 1 556,3 ga).

Quyidagi jadvalga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Andijon, Qiziltepa, Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Zarafshon shahrida eng ko‘p yer hajmi auksionga chiqarilgan bo‘lsa, 2023-yilning shu davrida esa Zarafshon shahrida hamda Urgut, Bulung‘ur, Sayxunobod, Nurobod va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida chiqarilg

1-jadval

Respublika bo‘yicha ijara huquqi bilan auksion savdolarida eng ko‘p sotilgan yer uchastkalarining
tuman (shahar) kesimidagi dinamikasi (2022-2023 yillar)

O‘rtacha 1 ga bo‘sh yerning narxi Xonqa (-7,2 punktga), Farg‘ona (-17,2 punktga), Toshkent (-5,5 punktga), Buxoro (-11,2 punktga), Qorovulbozor (-8,3 punktga), Yakkabog‘ (-3,5 punktga), Karmana (-5,4 punktga), Samarqand (-1,7 punktga), Andijon (-1,7 punktga) tumanlarida tushgan.

Nurafshon shahri (9,9 punktga), Olmaliq shahri (8,3 punktga), Buxoro shahri (4,4 punktga), Tayloq tumani (4,7 punktga), Qorako‘l (4,6 punktga), Buxoro shahri (4,4 punktga), Buvayda shahri (11,9 punktga), Boyovut tumani (15,0 punktga), Qarshi tumani (7,2 punktga), Termiz shahri (13,8 punktga)da ijara huquqi asosida auksionda sotilgan o‘rtacha 1 ga bo‘sh yerning narxi ortgan.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni auksion orqali ijaraga berish

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlarda 2022-yilda 97 ming gektar2023-yilning 11 oyida  92 ming gektar bo‘sh yer aholiga meva-sabzavot ekish uchun auksion orqali ijaraga berilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizning Koson, Qarshi, Mingbuloq, Pop, Uchqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Bekobod, Bo‘ka, Oltiariq tumanlari auksionga boshqa tumanlarga nisbatan eng ko‘p yer chiqargan hududlar bo‘lib turibdi (1-rasm). Shuningdek, Kitob, Xatirchi, Payariq, Urgut, Beshariq va Quva tumanlari ham auksionga chiqarilgan yer hajmi bo‘yicha boshqa tumanlardan ancha oldinda ketmoqda.


1-rasm. Eng ko‘p ekin maydonini auksion savdolariga chiqargan tumanlar haqida ma’lumot
(2022- va 2023-yilning yanvar-noyabr oylari)

Qishloq xo‘jaligi yerlarini dehqonchilik uchun auksionga eng ko‘p chiqargan tumanlarning statistik ko‘rsatkichlari tahlili quyidagilarni aks ettirmoqda:

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning shu davridagiga nisbatan Qarshi tumanida (408 gektardan 1161 gektarga) 2,8 barobar, Mingbuloq tumanida (1341 gektardan 1442 gektarga) 1,1 barobar, Bekobod tumanida (771 gektardan 1282 gektarga) 1,7 barobar, Bo‘ka tumanida (771 gektardan 1282 gektar) 1,7 barobar, Oltiariq tumanida (583 gektardan 2082 gektarga) 3,6 barobar ortgan.

Auksionga qo‘yilgan yer maydoni tumanda aholi bandligini ta’minlash va  daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 1280 gektar yer 40 sotixdan 3200 nafar qishloq aholisiga dehqonchilik uchun auksion orqali ijaraga berilishi tufayli mavjud ishsizlarning 30 foizi ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Namangan viloyatida aholi sonining ko‘pligi va yerdan unumli foydalanilishini hisobga olib, Uchqo‘rg‘on tumanida paxta-g‘alladan qisqartiriladigan 1162 gektar yer auksion orqali 4435 nafar qishloq aholisiga o‘rtacha 20 sotixdan berilishi tumanning qishloq joylaridagi ishsizlarning qariyb 40 foizini ish bilan ta’minlashga xizmat qilgan.

Tahlil natijasida respublika bo‘yicha Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jaobod, Baxmal, Konimex, Jomboy, Boysun, Toshkent, Yuqori Chirchiq tumanlari auksion savdolariga eng kam yer maydonlarini chiqargan tumanlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu tahlillardan quyidagi xulosalar olindi:

1. Aksariyat tumanlarda yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablag‘lar 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 2023-yilning shu davridagiga nisbatan ortgan. Natijada yer auksionlarida 1,02 trln. so‘mlik savdolar amalga oshirilib, uning ma’lum qismi mahalliy byudjetga yo‘naltirilgan.

2. 2022-2023 yillarning mos davrlarida Toshkent shahrida bo‘sh yer uchastkalari auksion savdolariga mulk huquqi asosida chiqarilmagan.

3. Auksion savdolariga chiqarilgan lotlarning yerga bo‘lgan huquq turiga qarab taqqoslaganda:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida: 33 492 ta lot (63,9%) ijara, 18 861 ta lot (36,1%) mulk huquqi asosida savdolarga chiqarilgan;

- 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida: 13 190 ta lot (63,2%) ijara, 7 655 ta lot (36,8%) mulk huquqi asosida savdolarga chiqarilgan.

4. Tahlil natijalari ko‘ra, ayrim tumanlarda hududlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizatsiya jarayonlari (o‘sish nuqtalari) nuqtayi nazaridan tahlil qilinmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgani aniqlandi. Jumladan, Qorao‘zak tumanida P173521110374/86-sonli lot, Shahrixon tumani P170323001114-42-sonli lot, Romitan tumani P170624201686-70-sonli lotlardagi yer uchastkalari  kommunikatsiya tarmoqlari mavjud emasligi hamda infratuzilma olis masofada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

5. Qishloq xo‘jaligida auksionga nisbatan kam yer maydonini chiqargan tumanlarning maydoni asosan sug‘orilmaydigan lalmi yerlar hamda cho‘l-dasht yerlaridan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu yerlarda qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish orqali yerlarning jozibadorligini oshirish zarur bo‘ladi.

Yuqoridagidan kelib chiqqan holda, auksion savdolarini yanada takomillashtirish orqali rasmiy yer bozorining qamrovini oshirish bo‘yicha quyidagi takliflarni bildirish mumkin.

1. Auksion savdolariga ijtimoiy infratuzulma hamda muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari mavjud bo‘lgan hududlarda namunaviy loyihalar asosida master rejani ishlab chiqish sharti bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksionga chiqarish ishlarini jadallashtirish.

2. Tuman (shahar) kadastr filiallari hamda qurilish bo‘limlari hududlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlari, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizatsiya jarayonlarini (o‘sish nuqtalari) chuqur tahlil qilgan holda, infratuzilma mavjud bo‘lgan yerlarni auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rishi zarur. Natijada yer auksion savdolarining iqtisodiy jihatdan jozibadorligi ortadi hamda hududlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi.

3. Tahlillar natijasida bir qator tumanlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni auksionga nisbatan kam chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi (Bo‘zatov, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jaobod, Baxmal, Konimex, Boysun va hkz). Bu ushbu tumanlarning maydoni asosan sug‘orilmaydigan lalmi yerlar hamda cho‘l-dasht yerlaridan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Bu yerlarda qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish orqali yerlarning jozibadorligini oshirish zarur bo‘ladi. Shu maqsadda quyidagi chora-tadbirlar tavsiya qilinadi:

- qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning auksion-konkurs shaklidan auksion-ochiq savdo tizimiga o‘tilishi (har bir lot uchun ma’lum bir minimal narx belgilanadi, keyin ishtirokchilar tomonidan bosqichma-bosqich yuqori narx takliv qilinadi) yerdan foydalanishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

- ushbu tumanlarda auksion orqali sug‘orilmaydigan lalmi yerlardan yer olgan dehqon xo‘jaliklarining aylanma mablag‘larini shakllantirishda auksiondan olingan yerning ijara huquqini garovga qo‘yib kredit olish mexanizmini joriy qilish;

Yuqoridagi tavsiyalarning amalga oshirilishi natijasida sug‘orilmaydigan lalmi yerlardan foydalanish infratuzilmasi yaxshilanadi va yer auksion savdolarining iqtisodiy jihatdan jozibadorligi ortadi hamda aholi farovonligiga erishiladi.

 

Mohir Shagazatov,
MHTI Yer islohotlari markazi rahbari

Diyor Ergashev,
MHTI loyiha rahbari

Komiljon Qo‘ziyev,
MHTI l
oyiha rahbari

706