Turkiyada elektr energetikasi sohasidagi islohotlar qanday natija berdi?
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, 2000-2011 yillar uchun |
|||||
|
2000 |
2003 |
2008 |
2010 |
2011 |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nominal YaIM (AQSH dollari hisobida) |
4146,8 |
4534,9 |
10272,4 |
10062,4 |
10521,8 |
YaIMning o‘sish sur’ati (foiz hisobida) |
6,8 |
5,3 |
0,7 |
9,0 |
8,5 |
Inflyatsiya (foiz hisobida) |
55,0 |
25,3 |
10,4 |
8,6 |
6,5 |
Umumiy fiskal balans (YaIMga nisbatan foiz hisobida) |
m.y. |
-10,0 |
-2,4 |
-2,7 |
-0,3 |
Jami davlat qarzi (YaIMga nisbatan foiz hisobida) |
51,6 |
67,7 |
40,0 |
42,2 |
39,4 |
Joriy hisob balansi (YaIMga nisbatan foiz hisobida) |
-3,7 |
-2,5 |
-5,7 |
-6,3 |
-9,9 |
Neft importi (YaIMga nisbatan foiz hisobida) |
3,6 |
3,8 |
6,6 |
5,2 |
7,0 |
Neft eksporti (YaIMga nisbatan foiz hisobida) |
0,1 |
0,3 |
1,0 |
0,6 |
0,6 |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan neft iste’moli (litr hisobida) |
254,7 |
246,0 |
310,1 |
304,6 |
m.y. |
Qashshoqlik darajasi (kuniga $1,25 o‘lchovida, aholi ulushi foiz hisobida) |
m.y. |
2,5 |
0,0 |
m.y. |
m.y. |
Yoqilg‘i uchun subsidiyalar (yalpi ichki mahsulot foiz hisobida) |
0,0 |
0,0 |
0,0 |
0,0 |
0,0 |
Manba: Xalqaro energetika agentligi, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi
Islohotlardan avvalgi davrda Turkiya elektr energetikasi sohasi.
Islohotlar boshlanishidan avval Turkiyada elektr energetikasi sohasi davlatga tegishli bo‘lgan, sohaning barcha yo‘nalishlarini o‘zida birlashtirgan kompaniya tomonidan boshqarilar edi. 1970-yildan boshlab elektr energetikasi sohasini nazorat qilib kelayotgan Turkiya elektr energetikasi boshqarmasi 2009-2013-yillardagi islohotlar natijasida ikkita alohida davlat tashkilotiga bo‘linadi. Bular Turkiya elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish (TEİAŞ) va Turkiya elektr energiyasini taqsimlash (TEDAŞ) davlat kompaniyalaridir. Sohadagi dastlabki islohotlar 1980-yillarda Turkiyada bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar bilan bir vaqtda boshlandi.
Mazkur keng ko‘lamli islohotlar boshlanishidan avval, Turkiyada iqtisodiy siyosatni belgilashda davlat markaziy o‘rinni egallar va uning ta’siri katta edi. Xususan, davlat iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari hisoblangan energetika sohasi, telekommunikatsiya, neft kimyosi, temir va po‘lat ishlab chiqarish sanoati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan edi. 1970-yilda to‘lov balansida kuzatilgan jiddiy inqiroz Turkiyada mahalliy bozorlar va tashqi savdoni jadal sur’atlarda erkinlashtirish hamda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklsh bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar boshlanishiga turtki bo‘ldi.
Elektr energetikasi sohasida amalga oshirilgan islohotlar quyidagi asosiy maqsadlarga qaratildi:
-
Elektr energiyasi uchun oshib borayotgan talabni qondirish va davlat byudjeti parametrlarini yaxshilash. Bunda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi ikki taraf uchun ham beriladigan subsidiyalarni tugatish maqsad qilindi. Elektr energiyasi uchun uzluksiz subsidiya berish va kelajakdagi talabni qondirish uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlari yetarli emas edi.
-
Elektr energetikasi sohasidagi samaradorlikni oshirish. Xususiy sektorning jalb qilinishi raqobatni kuchaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, monopoliya tufayli yuzaga keladigan samarasizlikni kamaytirish imkonini beradi.
-
Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun dastlabki talablarni bajarish. Islohotlar o‘tkazish zarurati haqida ko‘plab xalqaro institutlar bong urishni boshladi va ushbu institutlar Turkiyadagi islohotlar jarayonida ishtirok etdi.
Turkiya islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha jiddiy qadamlar tashladi va elektr energetikasi sohasiga investitsiya jalb qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatni qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.
Xususiy sektorning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan dastlabki qonun hujjati 1984-yilda ishlab chiqildi va amaliyotga tabiq etildi. 1993-yilda Turkiyaning elektr energetikasi sohasini nazorat qiluvchi yagona tizimni bir necha yo‘nalishga ajratish boshlandi. Ijobiy natijalar kutilganidan sekin olina boshlandi. Chunki davlatning hukmron mavqei saqlanib qolayotgandi. 1994-yilda xususiy sektorga egalik huquqini sotish jarayoni Konstitutsion sud tomonidan to‘xtatildi. Shundan so‘ng 1999-yilda xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritildi.
90-yillarning oxiriga kelib, Turkiyadagi byudjet ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi iqtisodiy islohotlarni, jumladan, elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga turtki berdi. 2001-yilda Turkiya hukumati “Elektr energetikasi bozori to‘g‘risida”gi qonunni amaliyotga tatbiq qilish asosida elektr energetikasi sohasida keng ko‘lamli islohotlarni boshladi. Asosiy maqsad sifatida xususiy investitsiyalarni jalb qilish, samaradorlikni oshirish orqali jadal oshib borayotgan talabni qondirish hisobiga mamlakatdagi energetika xavfsizligini ta’minlash etib belgilandi. Davlatga tegishli tashkilotlar biznes faoliyati yo‘nalishlariga ajratildi. Jumladan, ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash, ulgurji va chakana miqdorda sotish kabi faoliyat yo‘nalishlari vujudga keldi.
2002-2007 yillar orasida elektr energiyasi uchun talab oshib bordi, biroq tariflar o‘zgarishsiz qoldirildi. Mazkur davrda elektr energetikasi sohasida tizimli o‘zgarishlar yuz berganligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari sezilarli darajada oshganligiga qaramasdan tariflar o‘zgartirilmadi. Narx va xarajat orasidagi tafovutning ortib borishi, elektr energetikasi sohasidagi infratuzilmani ta’mirlash va yangi investitsiyalar kiritish uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. Bundan tashqari, ushbu davrda past narx hisobiga elektr energiyasi uchun talab keskin oshib ketdi.
Yuzaga kelayotgan muammoni bartaraf etish maqsadida hukumat elektr energetikasi sohasida xarajatlarni to‘liq qoplashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. 2008-yilning yanvar oyida elektr energiyasi uchun tariflar avvalgi yildagiga nisbatan 20 foizga oshirildi. Mart oyida esa hukumat xarajatga asoslangan narxlarni belgilash mexanizmini joriy qildi va narxlar har chorakda taklifga moslab o‘zgartirib borildi. Narx belgilashning yangi mexanizmi 2008-yilning iyul oyidan so‘ng o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Ushbu davrda elektr energiyasi narxi 50 foizga oshgan bo‘lsada, uy xo‘jaliklarining turmush darajasiga ko‘rsatgan ta’siri deyarli sezilmadi. Sababi elektr energiyasi uchun xarajatlar aholining jami xarajatlariga nisbatan
1-Rasm. Turkiyaning makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari va energetika sohasiga subsidiya ajratish
Manba: Xalqaro energetika agentligi, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi.
Islohotlar davrida salbiy ta’sirlarni yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Elektr energetikasi tizimidagi islohotlar davrida Turkiya muayyan yumshatish choralarini joriy qilmadi. Subsidiyalarning bekor qilinishi aholining kambag‘al qatlami hayotiga kuchli salbiy ta’sir qilmasligi uchun davlatning amaldagi ijtimoiy himoya dasturi doirasida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xulosalar:
-
Iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamdagi islohotlar elektr energetikasi sohasidagi islohotlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Turkiyada 1980-yilda boshlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar elektr energetikasi tizimidagi islohotlarni ham qo‘llab-quvvatladi.
-
Iqtisodiy sharoitning yaxshilanib borishi islohotlarni samarali yakunlashda muhim hisoblanadi. 90-yillardan keyin Turkiya iqtisodiyotining jadal o‘sishi va aholi turmush darajasining yaxshilanib borishi islohotlarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirdi.
-
Mustaqil institutlar va tashkilotlarning ishtiroki islohotlar doirasida zarur texnik (siyosatdan holi) qarorlarni qabul qilishni osonlashtiradi. Turkiyaning “Elektr energetikasi bozori to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, neft sanoatini tartibga soluvchi EMRA mustaqil tashkilotining elektr energetikasi islohotlariga jalb qilinishi, sohani samarali boshqarishga xizmat qildi.
773