Hududlarda muammoli yer maydonlarini fuqarolik muomalasiga kiritish orqali yerlarni xususiylashtirish

 

Globallashuv jarayonida inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish orqali iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish, biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash hamda yerlarni fuqarolik muomalasiga kiritishda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish katta ahamiyat kasb etadi.

MHTI ekspertlari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni fuqarolik muomalasiga kiritish muammolarini tahlil qildi.

Yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etish natijasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga muqaddam taqdim qilingan yer uchastkalarini xususiylashtirish orqali xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va ma’muriy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yer uchastkalarining fuqarolik muomalasiga kiritilishi ularning bozor qiymatida sotilishini nazarda tutadi.

Shuningdek, yer resurslarining fuqarolik muomalasi nafaqat ulardan foydalanish samaradorligi, balki korxonalarning investitsion jozibadorligini ham oshiradi.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi hamda yer uchastkalarini sotishda inson omilini minimallashtirish, barchaga teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartib ishlab chiqildi (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan).

Ko‘rib chiqish uchun murojaatlarni taqdim etish holati:

2022-2023 yillar davomida “Yerxususiylashtirish” AAT orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jami 56 988 ta murojaat davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun taqdim etilgan. Shundan, xususiylashtirish uchun berilgan murojaatlar 2022-yilda 30 423 ta (jis.shaxs – 29 339 ta (96,4%), yur.shaxs – 1 084 ta (3,6%)), 2023-yilda 26 565 ta (jis.shaxs – 25 536 ta (94%), yur.shaxs – 1 029 ta (6%)) tashkil etmoqda. “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali 2022-yilda 21 888 ta, 2023-yilda  14 657 ta murojaat (jami – 36 545 ta (64,1%)) yuborilgan bo‘lsa, “Davlat xizmatlari markazi” orqali 2022-yilda 8 535 ta, 2023-yilda 11 908 ta murojaat (jami – 20 443 ta (35,9%)) yuborilgan.

Respublika bo‘yicha yerlarni xususiylashtirish jarayonida eng faol ishtirok etayotgan hududlar bular Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangan viloyatlaridir.

1-jadval

2022-2023 yillarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalarni xususiylashtirish uchun topshirilgan murojaatlar soni 

Viloyat

2022-yilda tushgan jami
murojaatlar
 

shundan

2023-yilda tushgan jami
murojaatlar

shundan

Hudud

lar kesimida (%)

jis. shaxs (%)

yur.

shaxs

(%)

Ijobiy* xulosa berilgan (%)

Hudud

lar kesimida (%)

jis.

shaxs (%)

yur.

shaxs

(%)

Ijobiy* xulosa berilgan (%)

1

Qoraqal. Res.

180

0,6

95

5,0

15

839

3,2

98

2,3

58

2

Andijon

1 544

5,1

92

8,3

14

495

1,9

91

9,3

19

3

Buxoro

1 393

4,6

96

3,7

5

1 187

4,5

94

5,9

10

4

Jizzax

1 241

4,1

98

1,6

3

707

2,7

95

4,7

26

5

Qashqadaryo

3 495

11,5

95

5,4

2

940

3,5

94

6,4

29

6

Navoiy

611

2,0

98

2,3

3

137

0,5

87

13,1

11

7

Namangan

2 919

9,6

98

2,2

3

971

3,7

98

2,1

8

8

Samarqand

1 942

6,4

97

3,5

5

748

2,8

96

4,1

35

9

Surxondaryo

3 128

10,3

99

1,4

2

843

3,2

95

5,1

34

10

Sirdaryo

1 973

6,5

98

2,0

2

492

1,9

94

5,9

11

11

Toshkent

2 185

7,2

95

4,7

6

2 442

9,2

94

6,1

31

12

Toshkent sh.

1 470

4,8

87

13,3

21

2 085

7,8

88

12,4

30

13

Farg‘ona

989

3,3

96

3,6

12

855

3,2

95

4,6

46

14

Xorazm

7 353

24,2

98

1,7

15

13 824

52,0

98

1,5

47

JAMI

30 423

100

95,8

4,2

8

26 565

100

94

6

38

*mulk huquqi tasdiqlanganligi to‘g‘risida order olgan

 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish holati:

Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun kelib tushgan murojaatlar quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:

- 5 ish kun ichida tuman (shahar) kadastr va qurilish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mosligi;

- yerga nisbatan taqiq yoki cheklovlarning bor yoki yo‘qligi:

- “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida”gi ma’lumotlarga muvofiqligi.

2022-2023 yillarda vakolatli tashkilotlar tomonidan jami ko‘rib chiqilgan 56 988 ta murojaatdan:

– qurilish bo‘limlari 65,1% ijobiy va 34,9% salbiy xulosa;

– kadastr filiallari 44,7% ijobiy va 55,3% salbiy xulosa berilgan.

Tushgan jami murojaatlardan 2022-yilda 8%, 2023-yilda esa 38% mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi taqdim etilgan.

Bu ijobiy ko‘rsatkich yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish hamda xususiylashtirish jarayoni jadallashayotganini aks ettiradi.

Yerlarni xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobi:

Murojaatlar bo‘yicha berilgan aksariyat salbiy xulosalarning sabablari:

1. ma’lumotlarning noto‘g‘ri kiritilishi, taqiq va cheklovlarning mavjudligi;

2. himoya hududida yoki ko‘p qavatli uylar joylashgan yerlarda joylashganligi;

3. aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga bevosita monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi etib ko‘rsatilgan.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirishdan tushadigan pul mablag‘lari yerga nisbatan tayyorlangan xarajatlarni chegirib qolgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armaga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Natijada 2022-2023 yillarda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan  tegishli byudjet va jamg‘armalarga kelib tushgan pul mablag‘lari 107,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha yerlarni xususiylashtirish jarayonida eng ko‘p murojaat topshirilgan hududlar Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangan viloyatlari hisoblansada tegishli byudjet va jamg‘armalarga xususiylashtirishdan eng ko‘p pul mablag‘larini tushirgan hudud bu Toshkent shahri (49,5 mlrd.so‘m) dir. Bu bevosita Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalarining yuqoriligi bilan izohlanishi mumkin.

Respublikada aholi puntklarida joylashgan 2,8 mln. yer uchastkalaridan shaharsozlik jihatidan xususiylashtirishga monelik qilmaydigan yerlarning xususiylashtirilishidan boshlang‘ich hisob-kitoblarga ko‘ra, tegishli byudjet va jamg‘armalarga qo‘shimcha 6,63 trln. so‘m mablag‘ni yo‘naltirish orqali respublikada aksariyat hududlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, muhandislik-kommunikatsiya infratizilmasini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarning xususiy mulk bozorini shakllantirish imkoniyati mavjud.

Bu borada, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish aholining turli qatlamlarini yerni garova qo‘yish evaziga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan moliya resurslari orqali tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish hamda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lgan yer bozorini shakllantirish uchun iqtisodiy rivojlanishni harakatlantiruvchi drayverlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz.

Xulosalar:

1. Yer uchaskalarini xususiylashtirish bo‘yicha murojaatlarning ijobiy qondirilishi 2023-yilda 2022-yildagiga nisbatan 5 baravar ortgan. Yer uchastkalari va yerga bo‘lgan huquqlarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi mulkchilik munosabatlarining takomillashayotgani hamda jismoniy va yuridik shaxslarning investitsion jozibadorligi oshayotganini aks ettirmoqda.

2. O‘sish ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida yerlarni xususiylashtirish jarayoni jadallashganini ko‘rsatmoqda.

Takliflar:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonini yanada jadallashtirish, shuningdek, mazkur jarayonga ko‘plab yer mulkdorlarini jalb etish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:

1. Targ'ibot va tashviqot ishlarini keng ko'lamda olib borish hamda aholining katta qismini qamrab olish uchun bu jarayonda tuman (shahar) hokim yordamchilarining ishtirokini kuchaytirish va bunda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan samarali foydalanish;

2. Yuridik va jismoniy shaxslar o'ziga tegishli yerlarni xususiylashtirib, ularni garovga qo'yish evaziga bank muassasalaridan kredit mablag'larini olish imkoniyatini yaratishi, buning uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 420-sonli qaroriga tegishli o'zgartishlar kiritilishi zarur.

Bu mexanizm orqali jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hamda o‘zini o‘zi band qilgan aholining rasmiy daromadga ega bo‘lishi uchun keng sharoitlar yaratish mumkin.

3. Bosh sxema, hududiy sxemalar va aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyalari, shaharlarning bosh rejalari, qishloq aholi punktlarining sxemalari hamda master-rejalar ishlab chiqilmagan tuman (shahar)larda mazkur shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish tashkilotlarini jalb qilish va kerakli mablag‘larni ajratish ishlarini jadallashtirish lozim.

 

Mohir Shagazatov,
MHTI markaz rahbari

Diyor Ergashev,
MHTI loyiha rahbari

Komiljon Qo‘ziyev,
MHTI loyiha rahbari

317