Meksikada elektr energetikasi sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (2000-2011 yillar uchun*) |
|||||
|
Yillar |
||||
2000 |
2003 |
2008 |
2010 |
2011 |
|
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan nominal YaIM (AQSH dollarida) |
6858.8 |
6864.7 |
10050.5 |
9218.5 |
10153.3 |
YaIMning o‘sishi (foizda) |
6.0 |
1.4 |
1.2 |
5.5 |
4.0 |
Inflatsiya (foizda) |
9.5 |
4.6 |
5.1 |
4.2 |
3.4 |
Umumiy fiskal balans (YaIMga nisbatan foizida) |
-3.1 |
-2.3 |
-1.1 |
-4.3 |
-3.4 |
Jami davlat qarzi (YaIMga nisbatan foizida) |
42.6 |
45.6 |
43.1 |
42.9 |
43.8 |
Joriy hisob balansi (YaIMga nisbatan foizida) |
-2.8 |
-1.0 |
-1.4 |
-0.3 |
-0.8 |
Neft importi (YaIMga nisbatan foizida) |
1.1 |
1.2 |
3.3 |
2.9 |
3.7 |
Neft eksporti (YaIMga nisbatan foizida) |
2.4 |
2.7 |
4.6 |
4.0 |
4.9 |
Jon boshiga to’g’ri keladigan neft iste’moli (litrda) |
505.6 |
529.9 |
653.8 |
607.0 |
n.a. |
* Manba: Xalqaro energetika agentligi; Jahon banki va XVF ma’lumotlari
Meksikaning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
O‘rganilayotgan yillarda Meksikaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari nisbatan ijobiy ko‘rinishga ega bo’lsa ham mamlakatdagi aholining daromadlar tengsizligi va kambag’allik darajasining yuqoriligi asosiy og‘riqli nuqatalardan biri bo‘lgan. Chunki o‘sha davrlarda Meksikaning pul-kredit va byudjet-soliq siyosati aniq belgilangan fiskal qoidalar hamda inflyatsiyani jilovlash (targetlash)maqsadlariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Aholining daromadlar tengsizligini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblangan Jini koeffitsienti 2000 yilda 0,48 ni tashkil etgan. Shu davrda Meksika umumiy aholisining 46 foizga yaqini kambag’allik darajasida, shundan 10 foizga yaqini esa qashshoqlik darajasida hayot kechirar edi.
Elektr energetikasi sohasidagi davlat tashkilotlarining hukmronligi.
Elektr energetikasi sohasi davlatga tegishli Comision Federal de Electricidad -CFA (Elektr energetikasi bo’yicha federal komissiya) tashkiloti tomonidan boshqarilar edi. Mazkur tashkilot jami ishlab chiqariladigan elekt energiyasining to’rtdan uch qismini ishlab chiqarish bilan birga, yetkazib berish va taqsimlash bo’yicha ham to’la nazoratni o’z qo’liga olgan edi. 1992 yilda amalga oshirilgan islohotlar sababli sohaga xususiy sektor vakillari kirib kelishni boshladi, biroq xususiylashtirish islohotlaridagi muvaffaqiyatsizliklar sababli, xususiy sektor ulushi bor yo’g’i to’rtdan bir qismini tashkil qildi.
Elektr energiyasi uchun o’rnatilgan tarifflarning iqtisodiy jihatdan samarasizligi.
Elektr enegetikasi uchun tariflar xarajatlarni qoplash darajasidan past belgilangan edi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak o‘sha davrlarda Meksikada elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatga nisbatan iste’molchilar to‘lovining pastligi sababli qoplanmas edi. Masalan aholi uchun tariflar xarajatlardan 40 foizgacha, qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchilari uchun 30 foizgacha past belgilangan edi. Boshqa sohalarda berilgan subsidiyalar nisbatan kamroq bo‘lsada elektr energiyasini ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetmas edi.
Subsidiyalarning turlari va asosiy xususiyatlari.
Meksikada Moliya vazirligi tariflarni belgilovchi asosiy vakolatli organ bo’lib, tariflar har oyda bo’ladigan ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berishning bozor xarajatlari bo’yicha emas balki ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo narxiga moslab belgilanar edi. Umumiy tarif tizimi ham ancha murakkab shaklda tuzilgan bo’lib, bunda uy xo’jaliklari uchun yuzlab turli to’lov tariflari amal qilar edi. Asosiy tariflar blok tariflari sirasiga kirganligi uchun kam iste’mol qiluvchilarga ko’proq subsidiyalar berilishiga sabab bo’lar edi. Shuningdek, “yozgi subsidiyalar” deb nomlangan alohida imtiyozli tarif tizimi bo’lib, ular issiq hududlarda yashaydigan aholiga, sovutish uskunalaridan foydalanganligi uchun sarflagan elektr energiyasi uchun berilardi.
Subsidiyalar fiskal yuki (byudjet xarajatlari)ning oshishiga olib keldi.
2011 yilda elektr energiyasi uchun berilgan subsidiyalar mamlakat Yalpi ichki mahsulotining 0,5 foizini tashkil qildi hamda ushbu ko’rsatkich keyingi o’n yillikda o’zgarmadi. Shu bilan birga davlatning subsidiya siyosati ochiq va shaffof yuritilmas edi. O‘sha vaqtlarda Meksikada “Aprovechamiento” deb nomlangan tizim amal qilib, unga ko’ra elektr energiyasi ustidan nazorat qiluvchi tashkilot (CFA) davlatga asosiy vositalardan olingan daromad shaklida 9 foizlik to’lovni amalga oshirishi lozim edi. Biroq subsidiya siyosati sababli davlat ushbu to’lovni qaytadan CFAga o’tkazib berar edi. Elektr energetika tizimidagi iqtisodiy samarsizlik natijasida 2002 yildan boshlab davlat subsidiyalarni o’rnini qoplash bo’yicha jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kela boshladi.
O‘tkazilgan islohotlar va olingan tajribalar.
Meksikada elektr energetikasi sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir necha bosqichli islohotlar ko’zlangan natija bermay, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Dastlabki keng qamrovli islohotlar 1999 yilda boshlanib, asosiy e’tibor elektr energiyasi bozorini xususiylashtirishga qaratildi. Prezident Zedillo boshchiligida sohani har tomonlama isloh qilishga qaratilgan islohotlar dasturi e’lon qilindi. Ushbu dasturda elektr energiyasi ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berish sohalarini alohida yo’nalishlarga ajratish, jadal xususiylashtirish, yangi ulgurji energiya bozorini tuzish va bozorni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsad qilindi. Biroq, bir qancha sabablarga ko’ra mazkur islohotlarning natijadorligi kutilganidek bo’lmadi va sohada jiddiy o’zgarishlar amalga oshmadi. Bunga quyidagilarni asosiy sabablar sifatida keltirish mumkin:
1. Huquqiy to’siqlar va kamchiliklar:
-
Amaldagi qonunchilikni xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash uchun yetarli emasligi;
-
Qonunchilik hujjatlarida, jumladan konstitutsiya darajasida energetika sohasida xususiy sektor ishtirokini kafolatlash mexanizmining yo‘qligi;
2.Sohadagi manfaatdor guruhlar tomonidan bo’lgan qarshiliklar:
-
Elektr energiyasi iste’molchilarining turli ko’rinishdagi norozichiliklari;
-
Sohadagi davlat tashkilotlarida ishlaydigan hodimlarning kasaba uyushmalari orqali xususiylashirishga nisbatan qarshilik ko’rsatishga urinishlar.
3.Jamoatchilik ishtirokining sustligi:
-
Elektr energitikasida yuzaga kelgan muammolar haqida jamoatchilik orasida yetarli bilim va tushunchalarning cheklanganligi;
-
Xususiylashtirishga nisbatan iste’molchilar orasida salbiy fikrlarning saqlanib qolganligi.
4.Siyosiy sabablar:
-
Davlat tashkilotlari tomonidan siyosiy uyushqoqlikni ta’minlanmaganligi;
-
Islohotlarni amaliy natijadorligini ta’minlash va oxiriga yetkazishda yetarli siyosiy iroda ko’rsatilmadi (bunga 2000 yilda bo’ladigan saylov asosiy sabab sifatida ko’riladi).
Keyingi islohotlar va olingan natijalar.
2002 yilda subsidiyalarni qisqartirish bo’yicha yangi tarif islohotlari o’tkazildi. Elektr energiyasini ko‘p iste’mol qiladigan iste’molchilar uchun uzoq muddatda marjinal xarajatlarni (qo‘shimcha iste’mol uchun xarajat) qoplashga qaratilgan yangi tarif tizimi ishlab chiqildi. Biroq, mazkur tarifning joriy qilinishi maqsad qilinganidek subsidiyalarning umumiy hajmi qisqarishiga olib kelmadi, sababi ko‘p iste’mol qiluvchi subyekltlarning “yozgi subsidiyalar” hisobiga qayta tasniflanishiga olib keldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, “yozgi subsidiyalar” issiq hududlarda yashovchilar uchun taqdim qilinadi va jami subsidiyalarga nisbatan katta ulushni tashkil qiladi.
Islohotlar davrida bo‘ladigan salbiy ta’sirlarni yumshatish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar.
“Yozgi subsidiya” ajratish tizimida mamlakatning issiq hududlarida yashovchi iste’molchilar havo haroratiga muvofiq oltita guruhga ajratildi. Xususan, 25ºC, 28ºC, 30ºC, 31ºC, 32ºC va 33ºC issiqlik guruhlariga. Birinchi guruhdan oltinchi guruhga qarab subsidiya hajmi oshib boradi. Mazkur tizimning salbiy jihati shundaki, ko‘plab iste’molchilar eng yuqori harorat guruhiga o‘tishga intilib keladi va ko’proq subsidiya olishi hisobiga davlat uchun subsidiya yukining ortishiga sabab bo‘ladi.
1-rasm. Meksikada makroiqtisodiy rivojlanish va elektr energetikasi uchun subsidiyalar, 1998-2011 yillar[1].
Ijtimoiy himoyaga qaratilgan “Oportunidades” dasturi
Mazkur davrda Meksikada maqsadli ijtimoiy ko‘maklar berishning yangi samarali dasturi (dasturning rasmiy nomi“Oportunidades”) joriy qilingan bo‘lib, dastur ancha muvaffaqyatga erishgan edi. Mazkur dastur eng yuqori qashshoqlik darajasidagi oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, asosan oiladagi farzandlarning ta’lim olishi va oila a’zolarining tibbiy xizmatlardan foydalanishini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. 2008 yilda bu dasturdan 5 millionta oila doimiy ijtimoiy ko’mak olgan.
Dastur nafaqat ta’lim va tibbiy xizmatlar uchun, energiya iste’moli uchun ham imtiyozlar taqdim qiladi. Mazkur islohot, boshqa elektr energiyasi va yoqilg’i sanoatida qilingan islohotlarga nisbatan ancha samarali amalga oshirildi. Ushbu dasturga sarflangan mablag‘lar davlatning jami elekrt va yoqilg‘iga sarflaydigan subsidiya hajmining faqatgina yigirma foiziga teng miqdorni tashkil qildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar:
-
Elektr energetikasi islohotlari uchun “Oportunidades” dasturi yutuqlaridan yetarlicha foydalanilmaganlgi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan biri deyish mumkin;
-
Subsidiyalrni ajratishda ijtimoiy ko’makka muhtoj qatlamlarga ustunlik berish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti yaxshi qatlamlarning subsidiyalardan birdek foydalanishi bilan bog‘liq notenglik holatlariga e’tiborni qaratish ekspertlar tomonidan doimiy muhokamadagi mavzu deyish mumkin;
-
Shuningdek, yozgi subsidiyalar ajratish tizimidagi, eng ko‘p subsidiya oladigan guruhga noqonuniy yo‘llar bilan qo‘shilib olayotgan iste’molchilar yuzasidan shaffof va adolatli nazoratni yo‘lga qo‘yish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Asosiy olingan saboqlar:
Meksikada tajribasi islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi sabablarni tahlil qilish va tushunish imkonini beradi:
-
Yuqoridan pastga qarab boshqariluvchi davlat tashkilotlari islohotlarni sekin va samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
-
Siyosiy jihatdan davlat tashkilotlari orasida hamfikrlikning yetishmasligi, energetika sohasini boshqarishda davlat hukmronligini ta’minlovchi qonunlarning o‘zgarmasligi o‘z o‘rnida islohotlar o‘tkazishni qiyinlashtiradi;
-
Sohani xususiylashtirish haqida jamoatchilikka yetarli va to‘g‘ri ma’lumotlar berilmasligi, islohotlarga qarshilikni kuchaytiradi;
-
Subsidiya ajratishda iste’molchilarni ko‘p sonli guruhlariga ajratish umumiy subsidiya hajmini kamayishiga olib kelmaydi, balki oshirishi mumkin. Bunda iste’molchilar yuqori subsidiya guruhiga o‘tishga intiladi;
-
Ijobiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli hisoblanmaydi;
-
Islohotlarning foydasi va zarurligi haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar hamda subsidiya ajratishda shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish islohotlarni muaffaqiyatli o‘tishida muhim hisoblanadi.
[1] Xalqaro energetika agentligi; Jahon banki va XVF ma’lumotlari
953