Hududlar kesimida uy-joy ijara narxlari tahlili (oktyabr-2023)
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hududlar kesimida joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.
-
Toshkent shahri tumanlari kesimida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2023-yilning oktyabr oyida o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan o‘rtacha 6 foizga, 2 xonali uylar uchun 7,7 foizga, 3 xonali uylar uchun 13,9 foizga hamda 4 xonali uylar uchun 13,1 foizga tushgan. Bunda 1 xonali uylar uchun ijara narxlarining eng yuqori tushishi Uchtepa (-26,9 foiz), Yunusobod (-17,5 foiz), Yakkasaroy (-14,7 foiz), Olmazor (-11,4 foiz) kuzatilgan bo’lsa, qolgan tumanlarda 10 foizdan kam tushish qayd etilgan. 2 xonali uylar uchun Bektemir (-20,2 foiz), Yunusobod (-13,7 foiz), Yashnobod (-12,8 foiz), Olmazor (-10,8 foiz) hamda Mirzo Ulug’bek (-10,3 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgani aniqlandi. 3-xonali uylar uchun Olmazor (-22,2 foiz), Mirzo Ulug‘bek (-21,6 foiz), Yashnobod (-20,9 foiz) va Shayxontohur (-18,6 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan yuqori tushganligi kuzatildi. 4 xonali uylar uchun Sergeli (-28,6 foiz), Yunusobod (-25,8 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (-24 foiz) tumanlarida ijara narxlarida 20 foizdan ko‘proq tushish kuzatildi. (batafsil 3-jadvalda)
-
Bir yil ichida to‘liq ta’mirlangan uylar uchun ijara narxlari Toshkent shahrida o‘rtacha 9,9 foizga tushgan. Bunda 1 xonali uylar uchun Uchtepa (-16,7 foiz), Yakkasaroy (-15,5 foiz) va Mirobod (-15,4 foiz) tumanlarida ijara narxlari 15 foizdan ko‘proq tushgani kuzatildi. 2 xonali uylar uchun Olmazor (-15 foiz), Yashnobod (-11,3 foiz), Yakkasaroy (-10,8 foiz) hamda Uchtepa (-10,7 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan ko‘proq tushgan. 3 xonali uylar uchun Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) ijara narxlarida eng yuqori tushish qayd etilgan. 4 xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan (batafsil 4-jadvalda).
1-rasm: Toshkent shahri tumanlari kesimida ijara narxlari o‘zgarishi
3- jadval: Toshkent shahri tumanlarida o’rtacha ta’mirlangan uylar uchun taklif etilayotgan narxlar
Tumanlar |
oktyabr-2022 |
oktyabr-2023 |
||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
1 |
2 |
3 |
4 |
|
Bektemir |
$250 |
$450 |
|
|
|
$359 |
$400 |
|
Chilonzor |
$374 |
$453 |
$517 |
$587 |
$358 |
$430 |
$539 |
$643 |
Mirobod |
|
$562 |
$722 |
$805 |
$390 |
$554 |
$678 |
$863 |
Mirzo Ulug‘bek |
$338 |
$488 |
$674 |
$836 |
$354 |
$438 |
$528 |
$636 |
Olmazor |
$357 |
$432 |
$614 |
$680 |
$316 |
$385 |
$477 |
$618 |
Sergeli |
$340 |
$434 |
$483 |
$700 |
$321 |
$404 |
$455 |
$500 |
Shayxontohur |
$400 |
$512 |
$660 |
$735 |
$381 |
$491 |
$537 |
$642 |
Uchtepa |
$463 |
$423 |
$500 |
$667 |
$338 |
$411 |
$464 |
$550 |
Yakkasaroy |
$433 |
$491 |
$692 |
$775 |
$370 |
$499 |
$651 |
$680 |
Yashnobod |
$337 |
$460 |
$672 |
$700 |
$314 |
$402 |
$532 |
$605 |
Yunusobod |
$409 |
$504 |
$579 |
$800 |
$338 |
$435 |
$529 |
$594 |
Shahar bo'yicha o'rtacha |
$370 |
$474 |
$611 |
$729 |
$348 |
$437 |
$526 |
$633 |
4-jadval: Toshkent shahri tumanlarida to‘la ta’mirlangan uylar uchun taklif etilayotgan narxlar
Tumanlar |
oktyabr-2022 |
oktyabr-2023 |
||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
1 |
2 |
3 |
4 |
|
Bektemir |
|
$513 |
$600 |
|
$600 |
$548 |
$545 |
|
Chilonzor |
$480 |
$586 |
$766 |
$940 |
$450 |
$562 |
$669 |
$754 |
Mirobod |
$699 |
$845 |
$1081 |
$1158 |
$592 |
$861 |
$1 040 |
$1117 |
Mirzo Ulug‘bek |
$566 |
$772 |
$987 |
$1068 |
$497 |
$719 |
$893 |
$1046 |
Olmazor |
$536 |
$673 |
$845 |
$939 |
$460 |
$573 |
$676 |
$780 |
Sergeli |
$400 |
$513 |
$611 |
$800 |
$418 |
$478 |
$583 |
$676 |
Shayxontohur |
$670 |
$935 |
$1115 |
$1199 |
$646 |
$901 |
$1 165 |
$994 |
Uchtepa |
$510 |
$568 |
$682 |
$1200 |
$425 |
$507 |
$540 |
$1000 |
Yakkasaroy |
$618 |
$829 |
$1109 |
$1589 |
$522 |
$739 |
$988 |
$1118 |
Yashnobod |
$559 |
$687 |
$854 |
$1083 |
$484 |
$609 |
$720 |
$886 |
Yunusobod |
$535 |
$726 |
$885 |
$1045 |
$498 |
$665 |
$876 |
$930 |
Shahar bo'yicha o'rtacha |
$557 |
$695 |
$867 |
$1102 |
$508 |
$651 |
$790 |
$930 |
1270