JIZZAX VILOYATIGA FITCH RATINGS TOMONIDAN "BB-" XALQARO KREDIT REYTINGI BERILDI — PROGNOZ "BARQAROR"




Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) “aql markazi – hokimlik” hamkorligi doirasida öziga biriktirilgan Jizzax viloyati hokimligi bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş hamda xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarni kengaytiriş böyiça izçil faoliyat olib bormoqda.

Hamkorlik doirasida qator amaliy natijalarga erişilib, viloyatning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini mustahkamlaş hamda investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi işlar yangi bosqiçga kötarilmoqda. Xususan, 2026 yil 16 oktabrda Fitç Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan Jizzax viloyatining milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingi “BB−“ darajasida belgilanib, reyting prognozi “Barqaror” deb baholandi.

Mazkur xalqaro reyting viloyatning moliyaviy holati, budjet barqarorligi, qarz majburiyatlarini bajariş imkoniyatlari va iqtisodiy rivojlaniş istiqbollarini kompleks baholaş asosida şakllantirildi. Agentlik tomonidan hududning daromad va xarajatlari dinamikasi, budjet muvozanatini saqlaş salohiyati, likvidlik holati hamda qarz yuklamasi xalqaro mezonlar asosida tahlil qilindi.

Baholaş natijalariga köra, Jizzax viloyatining mustaqil kredit profili “bb−“, moliyaviy profili – “aa” toifasida baholandi. Şuningdek, agentlik viloyat iqtisodiyotining ösiş sur’atlari respublika örtaça körsatkiçidan yuqori ekanini qayd etib, Jizzaxni Özbekistonning jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri sifatida e’tirof etdi.

Moliyaviy istiqbollar böyiça Fitç Ratings agentligining 2026-2030 yillarga möljallangan ssenariysida viloyatning qarzni qoplaş koeffitsienti 2030 yilda 8,1 barobargaça yetişi, fiskal qarz yuki esa örtaça 20 foiz atrofida şakllanişi prognoz qilingan. Uşbu körsatkiçlar hududning örta muddatli moliyaviy majburiyatlarini baholaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro taqqoslaş natijalari ham Jizzax viloyatining kredit pozitsiyasini baholaş imkonini berdi. Xususan, viloyatning “BB−“ reytingi Armanistonning Yerevan şahri va Turkiyaning Konya metropoliten munitsipaliteti reytingi bilan bir darajada bölib, Turkiyaning Baliqesir metropoliten munitsipaliteti reytingidan (“B+”) yuqori ekani qayd etildi.

Jizzax viloyatiga xalqaro kredit reytingining berilişi hudud iqtisodiyoti va moliyaviy salohiyatini xalqaro standartlar asosida namoyon etiş, xorijiy investorlar uçun axborot şaffofligini oşiriş hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirişda muhim qadam hisoblanadi.

Mazkur natija “aql markazi – hokimlik” hamkorligining amaliy ahamiyatini körsatib, hududlarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini xalqaro darajada baholaş, investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş hamda ilmiy-tahliliy yondaşuvlarni hududiy boşqaruv amaliyotiga tatbiq etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Manba: Fitç Ratings, 2026 yil 16 oktabr.

33