“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlagandi.
Mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda erishilayotgan katta yutuqlar asosida 2023-yilda qabul qilingan mazkur dasturiy hujjat yotadi. Unda belgilangan vazifalarning izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida kambag‘allik darajasi 11foizdan 6,8foizga, ishsizlik darajasi 6,8foizdan 4,9foizga tushdi, YAIM hajmi 103mlrd dollardan 145mlrd dollarga yetdi, eksport hajmi 25mlrd dollardan 33,4mlrd dollarga, xorijiy investitsiyalar hajmi 17mlrd dollardan 43mlrd dollarga oshdi, xorijiy turistlar soni 6,6mlndan 8,6mln nafarga yetdi.
Davlatimizrahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish, uchrashuv va taqdimotlarda barcha sohalar bo‘yicha yangi vazifalar qo‘yildi. Masalan, ikki yil oldin 2030-yilgacha YAIM hajmini 160milliard dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan edi. Endi bu marraga 2026-yilning o‘zida erishilishi kutilmoqda. Murojaatnomada kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240milliard dollardan oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Ya’ni yurtimizda barcha sohalarda yuqori marralar olinayapti.
Bundan tashqari, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlardatendensiyalar va dinamika o‘zgarayapti. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, aholi ehtiyojlari ham yangi qadamlarni, aniq rejalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ushbu o‘zgarishlar va qayd etilgan natijalar hisobga olingan holda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Strategiyadagi barcha 444 ta samaradorlik ko‘rsatkichi bugungi kun nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi quyidagi jihatlari bilan ahamiyatli:
birinchidan, barcha ko‘rsatkichlar Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yangi marralarga moslashtirildi va to‘ldirildi. Bunda, yurtdoshlarimizga munosib sharoit yaratadigan, har bir inson va oila hayotida seziladigan maqsadlarga alohida e’tibor qaratildi;
ikkinchidan, barcha ko‘rsatkichlar o‘lchanadigan, ya’ni, son shaklida (foiz, ulush, daraja, hajm, nisbat, ball, indeks) bo‘lishi qat’iy belgilandi. Hisoblab yoki baholab bo‘lmaydigan, umumiy vazifa, topshiriq va “shior” ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar chiqarib tashlandi (bunday bandlar 130ta);
uchinchidan, barcha samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajaralishi
2030-yilgacha yilma-yil belgilandi. Ya’ni, har bir ijobiy o‘zgarishniyillarkesimida ko‘rish imkoniyati yaratildi;
to‘rtinchidan, Strategiyada har bir vazirlik va idora o‘z o‘rnini topdi. Xususan, loyihaga ko‘ra, 60taga yaqin davlat organlariga tegishli samaradorlik ko‘rsatkichi belgilandi;
beshinchidan, har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishilishini ta’minlaydigan moliyaviy manbalar aniq ko‘rsatildi;
oltinchidan, endi soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirishga oid konsepsiya va strategiyalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq holda ishlab chiqilishi qat’iy belgilanadi. Jumladan, 2026-yilda 50 dan ortiq shunday konsepsiya va strategiyani qabul qilish rejalashtirilgan.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga taalluqli ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholining fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Strategiya loyihasi uzbekistan2030.uzva regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Strategiya loyihasi bo‘yicha savol va takliflarni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining (71) 239-49-38, (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga, shuningdek, info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborish mumkin. Mamlakatimiz taraqqiyotini belgilashda o‘z fikr-mulohazangiz bilan faol ishtirok eting!