E’LON

 

2026-o‘quv yili uchun tayanch doktoranturaga (PhD) kirish bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlar va suhbatning tasdiqlangan jadvaliga asosan 2025-yil 20-noyabr kuni talabgorlarning Makroiqtisodiyot fanidan kirish imtihoni soat 10:00 da va Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan soat 14:30 da MHTI binosining 5-qavatidagi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbatlar mos ravishda soat 12:00 da va soat 16:30 da o‘tkaziladi.

Imtihonning onlayn kuzatuv (translyatsiya) jarayoni quyidagi havola orqali ZOOM platformasida olib boriladi: https://us06web.zoom.us/j/88378947435?pwd=BZR7v4QBEFzcKFOyct0kuWUDPc39Yi.1 WUDPc39Yi.1     
Identifikator: 883 7894 7435
Kirish kodi: 12

Imtihon va suhbatga belgilangan vaqtda kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon va suhbat tashkil etilmaydi.

11