E’LON

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-63-son Farmoyishi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligining 2026-yil 10-noyabrdagi nazorat rejasi 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institut direktorining buyrug‘iga asosan MHTI tadqiqotchi xodimlari va doktorantlari o‘rtasida “Konstitutsiya – inson qadri ulug‘langan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.

Shu munosabat bilan maqolalarni joriy yilning 30-noyabriga qadar tanlov komissiyasi kotibiga (Turdiyev S.) topshirishingiz so‘raladi. Tanlov g‘oliblari 7-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibining maqolasi “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalida chop etiladi.

20