Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) direktorining buyrug‘iga muvofiq, tasdiqlangan ro‘yxat va jadval asosida mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar quyidagi sana hamda vaqtda o‘tkaziladi:
08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2026-yil 26-fevral kuni soat 14:00 da;
08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2026-yil 26-fevral kuni soat 15:00 da.
Imtihon Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Xadra 33-A ko‘chasi, 5-qavat.
Imtihonga vaqtida sababsiz kelmagan ilmiy izlanuvchilar uchun qo‘shimcha imtihon tashkil etilmaydi.
Imtihon jarayonini quyidagi havolalar orqali zoom platformasida kuzatish mumkin.