Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining 2025-y. 17-iyundagi 115-U-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Izlanuvchilar faoliyati samaradorligini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom” va 2024-yil 12-dekabrdagi 251-U-sonli buyrug’i, shuningdek, 2026-yil 12-martdagi “Mustaqil izlanuvchilarning 2026-yilning I-choragi yakunida yarim yillik ilmiy faoliyat samaradorligi monitoringini o‘tkazish jadvali”ga muvofiq 2026-yil 26-mart kuni mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkaziladi.
Monitoring “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha soat 10-00 da, “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha soat 14-00 da 5-qavatdagi majlislar zalida boshlanadi.