Mustaqil izlanuvchilikka qabul to‘g‘risida e'lon

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) 2026-o‘quv yilining 2-choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka (DSc va PhD) hujjatlarni qabul qilish boshlanishini e’lon qiladi.

Hujjatlar pdf formatida rasmiylashtirilib, oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirish yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 15-yanvardan 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Suhbatlar 2026-yilning 20-fevralidan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (DSc va PhD) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

   • ariza;

   • shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);

   • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda);

   • magistratura yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun;

   • fan nomzodi diplomi yoki xorijda olingan falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi – fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun;

   • chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

   • chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);

   • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (mustaqil izlanuvchilar (PhD) uchun majburiy emas).

   • ish joyidan tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

*- xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.

10