Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktorining 2026-yil 2-noyabrdagi 258-U-sonli buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan jadval asosida mutaxassislik fanlaridan malaka imtihonlari quyidagi sana va vaqtlarda o‘tkaziladi:
08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha malaka imtihoni 2026-yil 18-noyabr kuni soat 10:30 da;
08.00.12- “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha malaka imtihoni 2026-yil 18-noyabr kuni soat 14:30 da.
Imtihon Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Xadra 33-A ko‘chasi, 2-qavatdagi majlislar zali.
Imtihonga vaqtida kelmagan ilmiy izlanuvchilar uchun qo‘shimcha imtihon tashkil etilmaydi.
Imtihon jarayonini quyidagi havolalar orqali zoom platformasida kuzatish mumkin.