2027-o‘quv yili uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka kirish bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon va suhbatlarning tasdiqlangan jadvaliga asosan 2026-yil 24-noyabr kuni talabgorlarning makroiqtisodiyot fanidan kirish imtihoni soat 10:00 da va mintaqaviy iqtisodiyot fanidan soat 14:30 da MHTI binosining 2-qavatidagi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbatlar mos ravishda soat 12:00 da va soat 16:30 da o’tkaziladi.